SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA INGLIZ TILINI MUSTAQIL O’RGANISH IMKONIYATLARI
Keywords:
Sun'iy intellekt, ingliz tili, mustaqil o‘rganish, til o‘rganish, sun'iy intellekt ilovalari, Duolingo, ChatGPT, Elsa Speak, real vaqt fikr-mulohazasi, til ko‘nikmalari, interaktiv mashg‘ulotlar, o‘z-o‘zini baholash, til rivojlanishi, mustaqil taʼlim, texnologik yondashuv, o‘quv samaradorligi, onlayn taʼlim, sun'iy intellekt imkoniyatlari, til o‘rganish platformalari, o‘quv motivatsiyasi.Abstract
Ushbu maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining ingliz tilini mustaqil o‘rganishdagi roli va imkoniyatlari atroflicha tahlil qilingan. Bugungi globallashuv jarayonida ingliz tili nafaqat xalqaro muloqot, balki taʼlim va kasbiy rivojlanish uchun ham muhim vositaga aylangan. Sunʼiy intellekt asosida ishlab chiqilgan zamonaviy dasturlar va platformalar individual yondashuv, real vaqt rejimida fikr-mulohaza bildirish, interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘rganishni samarali va qiziqarli qilish imkoniyatini bermoqda. Maqolada ChatGPT, Duolingo, Elsa Speak kabi mashhur ilovalar va ularning o‘ziga xos afzalliklari, shuningdek, mavjud cheklovlari o‘rganilgan. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt yordamida o‘rganish jarayonini yanada natijali qilish uchun tavsiyalar berilgan. Tadqiqot natijalari sun'iy intellekt texnologiyalari mustaqil o‘quvchilarga vaqt va kuchni tejash, o‘z-o‘zini baholash imkoniyatlarini oshirish hamda til ko‘nikmalarini tizimli ravishda rivojlantirishda muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.