ONA TILI TA’LIMIDA O’QUV TOPSHIRIQLARNING METODIK XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
ona tili, taʼlim, o‘quv topshirig‘i, metodika, kompetensiya, ijodiy fikrlash, zamonaviy darsAbstract
Mazkur maqolada ona tili taʼlimi jarayonida o‘quv topshiriqlarini samarali tashkil etish va ularning metodik asoslarini shakllantirish masalalari atroflicha tahlil qilinadi. Bugungi kunda taʼlim jarayonida anʼanaviy yondashuvlardan voz kechib, o‘quvchini markazga qo‘ygan zamonaviy metodikalar asosida o‘quv topshiriqlarini loyihalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ona tili fanida topshiriqlar nafaqat til boyligini oshirish, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, mulohaza yuritishi, mantiqiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qiladi. Ushbu maqolada o‘quv topshiriqlarining turlari, ularni tanlashda e’tibor berilishi zarur bo‘lgan metodik mezonlar, shuningdek, ularni dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish usullari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, topshiriqlarning o‘quvchilarning kommunikativ, lingvistik va ijodiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni amaliy misollar bilan asoslab berilgan. Maqola natijalari ona tili o‘qituvchilariga zamonaviy darslarni samarali tashkil etishda amaliy yordam berishi mumkin.