MOBIL ILOVALAR ORQALI MASOFAVIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH

Authors

  • Rustamov Hakim Author
  • Shodiyeva Muborak Author
  • Qahhorova Maftuna Author

Keywords:

masofaviy ta’lim, mobil ilovalar, onlayn o‘qitish, raqamli texnologiyalar, innovatsiya, ta’lim sifati, internet, interaktiv o‘qitish, zamonaviy ta’lim, platformalar.

Abstract

Masofaviy ta’lim so‘nggi yillarda butun dunyoda keng tarqalgan ta’lim shakllaridan biriga aylanib borayotganligi e’tirof etilib, mobil ilovalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etayotganligi ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini interaktiv qilish hamda o‘quvchilarga qulaylik yaratish imkonini berayotganligi ta’kidlanmoqda. Mobil texnologiyalar ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish bilan birga, o‘quvchilarning o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga ham xizmat qilmoqda. Masofaviy ta’lim jarayonida o‘quv materiallarini yetkazish, bilimlarni mustahkamlash va baholash jarayonini avtomatlashtirishda mobil ilovalar muhim rol o‘ynamoqda.

Mobil ilovalar orqali masofaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarga istalgan joy va vaqtda ta’lim olish imkonini berish natijasida, nafaqat an’anaviy darslarni raqamli muhitga moslashtirish, balki o‘qitish jarayonini butunlay yangi darajaga olib chiqish imkoniyatini taqdim etmoqda. Masofaviy ta’limning asosiy afzalliklari sifatida o‘quvchilarning mustaqil o‘rganish imkoniyati, ta’lim jarayonining moslashuvchanligi va joy hamda vaqt bo‘yicha cheklovlarning kamayishi qayd etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarga o‘z tezligida o‘rganish imkonini berishi va individual yondashuvni ta’minlashi ham uning muhim jihatlaridandir.

Author Biographies

  • Rustamov Hakim

    Buxoro davlat pedagogika instituti, matematika va informatika kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari falsafa doktori

  • Shodiyeva Muborak

    Osiyo Xalqaro universiteti, umumtexnik fanlar kafedrasi,

    I bosqich  magistranti

  • Qahhorova Maftuna

    Buxoro davlat pedagogika instituti, matematika va informatika kafedrasi o’qituvchi

Published

2025-05-08

How to Cite

MOBIL ILOVALAR ORQALI MASOFAVIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH. (2025). Modern Education and Development, 25(4), 192-196. https://scientific-jl.com/mod/article/view/12432