FYODOR DOSTOYEVSKIYNING “JINOYAT VA JAZO” ASARIDA INSON RUHIYATI, AXLOQIY TANLOV VA POKLANISH MASALALARI
Keywords:
Dostoyevskiy, Jinoyat va jazo, Raskolnikov, inson ruhiyati, axloqiy tanlov, poklanish, vijdon, psixoanaliz.Abstract
Ushbu maqolada rus adabiyoti klassigi Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asarida inson ruhiyati, axloqiy tanlov va poklanish masalalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Asarda bosh qahramon Raskolnikovning ichki kurashi, uning jinoyat sodir etishga undovchi psixologik va ijtimoiy omillar,
shuningdek, u orqali insoniy vijdon, pushaymonlik va ma’naviy yangilanish jarayonlari ochib beriladi. Muallif ushbu obraz orqali inson ruhiyatidagi ziddiyatlar, axloqiy mezonlarning sinovda bo‘lishi va ongli poklanishning chuqur falsafiy mohiyatini ifodalagan. Tadqiqot davomida asarga psixologik, falsafiy va adabiy yondashuv asosida tahlil berilgan, ayniqsa Sigmund Freyd, Viktor Frankl va Karl Gustav Jungning psixoanalitik nazariyalari bilan bog‘liqliklar ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu maqola adabiyotshunoslar, psixologlar hamda axloqiy-falsafiy tafakkur bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.