AXBOROT TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA FIRIBGARLIKKA QARSHI KURASHISH
Keywords:
axborot texnologiyalari, firibgarlik, xavfsizlik, monitoring, nazorat, axborot madaniyati, ogohlantirish tizimi.Abstract
Ushbu ilmiy ishda axborot texnologiyalarining firibgarlikka qarshi kurashishdagi ahamiyati yoritilgan. Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti bilan birga, firibgarlik usullari ham murakkablashib bormoqda. Shunday sharoitda, zamonaviy texnologiyalar yordamida aniqlash, ogohlantirish va oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Mazkur ishda internet orqali sodir etilayotgan moliyaviy va shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq firibgarlik holatlarini aniqlash usullari, xavfsizlik tizimlarini kuchaytirish, hamda axborot texnologiyalari vositasida monitoring va nazorat mexanizmlari ishlab chiqish amaliy misollar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, foydalanuvchilarni xabardor qilish, axborot madaniyatini shakllantirish ham firibgarlikning oldini olishda muhim omil ekani ta’kidlangan.