RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TA’SIRIDA BANK MIJOZLARINING DEPOZIT FAOLIYATI DINAMIKASI
Keywords:
raqamli texnologiyalar, bank mijozlari, depozitlar, internet-banking, mobil ilovalar, mijoz xulq-atvori, moliyaviy xizmatlar, sun’iy intellekt, depozit dinamikasi, tijorat banklari, raqamli transformatsiya, ishonch.Abstract
Raqamli texnologiyalar bank sektorida xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, mijozlar bilan samarali aloqalarni rivojlantirish va depozit faoliyatini faollashtirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning bank mijozlari tomonidan depozit faoliyatiga ta’siri o’rganiladi. Xususan, mobil ilovalar, internet-banking, raqamli marketing vositalari va sun’iy intellekt asosidagi xizmatlarning mijoz xatti-harakatlariga qanday ta’sir ko’rsatayotgani tahlil qilinadi. Depozit mahsulotlariga bo’lgan talab, ularning muddati va hajmi kabi ko’rsatkichlar orqali raqamli texnologiyalarning amaliy ta’siri baholanadi. Shu bilan birga, mijozlarning raqamli xizmatlarga bo’lgan ishonchi, foydalanish qulayligi va xizmat ko’rsatish tezligi kabi omillar orqali depozitlar dinamikasidagi o’zgarishlar yoritiladi. Maqolada tijorat banklari raqamli transformatsiyaga qanday moslashayotgani, bu esa mijozlar faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatayotgani chuqur tahlil qilinadi.