O’ZBEKISTONDA TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY RESURSLARINI TAHLIL QILISH
Keywords:
tijorat banklari, moliyaviy resurslar, resurs bazasi, kapital yetarliligi, likvidlik, kredit resurslari, investitsiyalar, bank barqarorligi, moliyaviy tahlil, resurslarni boshqarish, raqobatbardoshlik, bank islohotlari.Abstract
O’zbekiston bank tizimining barqarorligi va raqobatbardoshligi tijorat banklarining moliyaviy resurslariga bevosita bog’liq. Moliyaviy resurslar banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirish, kreditlash hajmini oshirish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hamda mijozlarga keng qamrovli xizmatlar ko’rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda olib borilayotgan islohotlar banklarning moliyaviy salohiyatini mustahkamlash, resurs bazasini kengaytirish va kapital yetarliligini oshirishga qaratilgan. Ushbu maqolada O’zbekiston tijorat banklarining moliyaviy resurslari tarkibi, shakllanish manbalari, ularning o’sish dinamikasi va foydalanish samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, resurs bazasini diversifikatsiya qilish, likvidlikni ta’minlash va moliyaviy barqarorlikni oshirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.