TIJORAT BANKLARIDA DEPOZIT OPERATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI VA TAKLIFLAR
Keywords:
tijorat banklari, depozit operatsiyalari, omonatlar, bank resurslari, mijozlar ishonchi, foiz siyosati, moliyaviy barqarorlik, xizmat sifati, marketing strategiyasi, hududiy rivojlanish, innovatsion mahsulotlar, takliflar.Abstract
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda depozit operatsiyalarining ahamiyati beqiyosdir. Bank resurs bazasining asosiy qismini tashkil etuvchi omonatlar banklarning kreditlash, investitsiya faoliyati va boshqa moliyaviy xizmatlarini kengaytirishga imkon beradi. O’zbekiston bank tizimida depozit xizmatlarini kengaytirish va takomillashtirish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, biroq mavjud imkoniyatlardan to’liq foydalanilmayotgani ham kuzatilmoqda. Mazkur maqolada tijorat banklarida depozit operatsiyalarining rivojlanish istiqbollari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha takliflar tahlil qilinadi. Shuningdek, depozit siyosatini takomillashtirish, mijozlar ishonchini oshirish, hududiy qamrovni kengaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni rivojlantirish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.