MONETAR SIYOSAT TUSHUNCHASI VA UNING IQTISODIYOTDAGI O’RNI
Keywords:
monetar siyosat, Markaziy bank, pul-kredit siyosati, inflyatsiya, foiz stavkalari, pul massasi, moliyaviy barqarorlik, bank tizimi, investitsiya muhiti, iqtisodiy o’sish, makroiqtisodiy tartibga solish, iqtisodiy barqarorlikAbstract
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy barqarorlik va makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’sishini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi. Monetar siyosat Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit vositalari orqali iqtisodiyotga ta’sir o’tkazish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi inflyatsiya darajasini nazorat qilish, pul massasini tartibga solish, foiz stavkalarini boshqarish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan olib borilayotgan monetar siyosat iqtisodiyotda inflyatsiyani pasaytirish, pul-kredit bozorini rivojlantirish, bank tizimini mustahkamlash va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan. Mazkur maqolada monetar siyosatning nazariy asoslari, uning asosiy vositalari, iqtisodiyotga ta’sir mexanizmlari va O’zbekistonda amalga oshirilayotgan monetar siyosat tahlil qilinadi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo’yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.