O’ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA AKTIV VA PASSIVLARNI BOSHQARISH AMALIYOTI
Keywords:
tijorat banki, aktivlar, passivlar, boshqaruv amaliyoti, likvidlik, risk, daromadlilik, balans, tahlil, moliyaviy strategiya, bank resurslari.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarishning amaliy jihatlari o‘rganiladi. Bank resurslarini optimal taqsimlash, likvidlikni ta’minlash, risklarni kamaytirish va daromadlilikni oshirishga qaratilgan boshqaruv strategiyalari tahlil qilinadi. O‘zbekiston bank tizimidagi real holat, xususan, Ipoteka bank, Asaka bank, Agrobank kabi yirik tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari asosida faoliyat ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Aktiv va passivlar tarkibi, ularning muvozanati, struktura barqarorligi hamda rentabellik ko‘rsatkichlari amaliy misollar asosida baholanadi. Bundan tashqari, zamonaviy bank boshqaruvida foydalanilayotgan usullar, xususan, GAP tahlil, duration metodi, aktiv-passivni o‘zaro bog‘lash strategiyasi ham yoritiladi. Maqola yakunida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari suriladi.