TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI BOSHQARISH USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Keywords:
tijorat banki, aktivlar, passivlar, likvidlik, risk, boshqaruv, daromadlilik, diversifikatsiya, balans, moliyaviy barqarorlik, bank tizimi.Abstract
Mazkur maqolada tijorat banklari faoliyatida aktiv va passivlarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Bank resurslarini samarali taqsimlash, likvidlikni ta'minlash, daromadlilikni oshirish va risklarni minimallashtirish bo‘yicha strategiyalar muhokama etiladi. Maqolada tijorat banklarining aktiv-passiv boshqaruv tizimini takomillashtirishda foydalanilayotgan usullar, xususan, aktiv-passiv muvozanatini saqlash, aktivlarni diversifikatsiya qilish, passivlar strukturasi barqarorligini ta'minlash bo‘yicha metodik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘zbekiston tijorat banklarining amaliy tajribalari asosida mavjud muammolar va takomillashtirish yo‘nalishlari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari asosida aktiv va passivlarni boshqarishning samarali mexanizmlari ishlab chiqiladi va ularni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha takliflar beriladi.