MONTESSORI METODIKASI ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MANTIQIY FIKRLASH JARAYONINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Montessori metodikasi, mantiqiy fikrlash, ta'lim muhiti, didaktik oʻyinlar, kognitiv rivojlanish, pedagogik innovasiyalar, maktabgacha ta'lim, mustaqil faoliyat.Abstract
Mazkur ilmiy maqolada Mariya Montessori metodikasining pedagogik va psixologik asoslari hamda ushbu metodikaning maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishdagi o‘rni kompleks tahlil etilgan. Tadqiqotda bolalarning ongli fikrlash, tahlil qilish, taqqoslash, guruhlash kabi kognitiv jarayonlarini rivojlantirishda Montessori muhitining tuzilmasi va unga xos didaktik materiallarning ta’siri o‘rganilgan. Montessori metodikasining an’anaviy ta’lim yondashuvidan farqli jihatlari, xususan, bolaning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish, individual yondashuv va erkin tanlov imkoniyatlari orqali intellektual rivojlanishga erishish kabi afzalliklari amaliy misollar asosida ko‘rsatib berilgan. Maqolada mavjud tajriba va kuzatuv natijalari asosida Montessori yondashuvining samaradorligi asoslangan, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ushbu metodikaning maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkurni shakllantirishda muhim vosita ekanini tasdiqlaydi.