O’ZBEKISTONDA SUG’URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI
Keywords:
Sug’urta tizimi, sug’urta bozorining rivojlanishi, mukofotlar hajmi, hayot sug’urtasi, ixtiyoriy sug’urta, raqobatbardoshlik, qonunchilik islohatlariAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston sug‘urta tizimining 2020–2024 yillar davomida rivojlanish jarayoni tahlil qilingan. Maqolada sug‘urta bozorining asosiy ko‘rsatkichlari, jumladan, sug‘urta mukofotlari hajmi, kompaniyalar soni, bozor segmentlari va ulushlaridagi o‘zgarishlar o‘rganiladi. 2020-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda sug‘urta sohasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatigan: sug‘urta mukofotlari hajmi oshishi, kompaniyalar soni ko‘payishi, hayot va ixtiyoriy sug‘urta turlarining bozor ulushi sezilarli darajada kengayishi. Ushbu tahlilda sug‘urta tizimining barqaror rivojlanishi uchun tavsiyalar va takliflarni ham o‘z ichiga oladi. Maqolaning maqsadi sug‘urta sohasida amalga oshirilgan islohotlarning natijalarini umumlashtirib, bozorni yanada rivojlantirish uchun takliflar berishdan iborat.