MAVZU: SPORT MAKTABLARI BASKETBOL MASHG’ULOTLARIDA O'YIN TEXNIKASINI O'RGATISH USLUBIYATI
Keywords:
basketbol, yugurish tezligi, texnik ko‘nikmalar, harakatlar maktabi, yosh sportchilar, motor ko‘nikmalar, pedagogik eksperiment.Abstract
Ushbu tadqiqot ishi 11-12 yoshli maktab o‘quvchilarida basketbolga xos harakatlarni o‘rganish jarayonida to‘psiz va to‘pni urib yugurish tezligi va texnikasining o‘zgarishlarini eksperimental usulda o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda 2x14 metrga to‘psiz, to‘pni urib va keglilararo yugurish testlari qo‘llanilib, 4 oylik mashg‘ulotlar davomida yugurish tezligi va texnikasining dinamikasi kuzatilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, an'anaviy mashg‘ulotlar usuli to‘pni urib yugurish texnikasini shakllantirishda yetarli samara bermaydi. Xususan, to‘pni urib keglilararo yugurishda texnik ko‘nikmalarning sust shakllanishi (o‘rtacha 1.9±0.06 ball) va 4 oy davomida sezilarli yaxshilanmasligi qayd etilgan. Tadqiqot natijalari bolalarni sportga o‘rgatishda texnik ko‘nikmalarni shakllantirishga xos metodik yondashuvlarning zarurligini ko‘rsatadi