MUKOVISTSIDOZDA KO’P TIZIMLI SHIKASTLANISHLAR VA KOMPLEKS DAVOLASH YONDASHUVLARI
Keywords:
Mukovistsidoz, CFTR modulyatorlari, ko‘p tizimli shikastlanishlar, kompleks davolash, multidisiplinar yondashuvlar, nafas yo‘llari, me’da-ichak trakti, jigar, fizioterapiya, infeksiyalarga qarshi davolash.Abstract
Irsiy asosda rivojlanadigan mukovistsidoz, ko‘p tizimli shikastlanishlarga olib keladigan va organizmda CFTR genidagi mutatsiyalar sababli yuzaga keladigan jiddiy kasallikdir. Ushbu kasallikning klinik kechishi nafas yo‘llari, me’da-ichak trakti, jigar va reproduktiv tizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mukovistsidozda organizmda qalin va yopishqoq sekretlar to‘planib, yallig‘lanish jarayonlari rivojlanadi. Kasallikning samarali davolash uchun CFTR-modulyator dorilari, fizioterapiya, ovqatlanish nazorati va infeksiyalarga qarshi terapiyalar birgalikda qo‘llaniladi. Shu bilan birga, multidisiplinar guruhlar ishtirokida kompleks yondashuvlar kasallik kechishini yaxshilashda muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar bu yondashuvlarning bemorlar hayot sifatini sezilarli darajada oshirishga yordam berishini ko‘rsatdi.