TERMIZ TARIXINI O’RGANISH
Keywords:
Markaziy Osiyo, Eski Termiz, Chig‘atoy ulusi, “Madinat ul-rijol” (Mardlar shahri), Termiz masjidlari, Termizlik sayyidlar, Fosih Havofiy, Kebekxon, Xudovandzoda Alo ul-Mulk.Abstract
Tarixiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan beri o‘troq holda yashab kelayotgan insonlarni o`zida jamlagan navqiron Termiz shahri haqida qadimda juda ko`plab olimlar o`z asarlarida to`xtalib o`tgan. Markaziy Osiyo tarixi va mintaqa xalqlarining madaniy taraqqiyotini Termiz shahri tarixisiz hamda osori-atiqalarisiz tasavvur qilish nihoyatda qiyin. Jahon tarixiga munosib hissasini qo`shgan va qo`shib kelayotgan bu qadimiy shahar o`zining taraqqiyot bosqichida ko`pdan-ko`p hayajonli davrlarni boshidan o`tkazdi, necha ming yillar davomida tashqi dushmanlarning hujumlariga munosib qarshilik ko`rsatib “Madinat ul-rijol” (Mardlar shahri) unvoniga ega bo`ldi. Balki shu sababdan Termiz shahri azal-azaldan jahon tarixchilari va olimlari, ulug` allomalarning diqqat-e`tiborini o`ziga tortib kelgan.