O'ZBEKISTON VA MARKAZIY OSIYO: MINTAQAVIY IQTISODIY INTEGRATSIYA IMKONIYATLARI
Keywords:
Oʻzbekiston, Markaziy Osiyo, iqtisodiy integratsiya, mintaqaviy hamkorlik, savdo aloqalari, energetika, suv resurslari, iqtisodiy geografiya, barqaror rivojlanish.Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlaridagi oʻrni, mavjud imkoniyatlari va istiqbollari tahlil qilinadi. Mintaqa davlatlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, transport-logistika infratuzilmasining uygʻunlashuvi, energetika va suv resurslaridan foydalanish kabi ustuvor yoʻnalishlar integratsiyaning asosiy omillari sifatida koʻrib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yoʻlida mavjud toʻsiqlar, muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari haqida fikr yuritiladi. Maqolada iqtisodiy geografik yondashuv asosida Oʻzbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasi, qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlari va barqaror rivojlanishga erishish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab berilgan.