TIBBIYOTDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI FANINI O’QITISH METODIKASI
Keywords:
Tibbiyotda axborot texnologiyalari, o’qitish metodikasi, interaktiv darslar, virtual laboratoriya, elektron sog’liqni saqlash, tibbiy ta’lim, masofaviy o’qitish.Abstract
Mazkur maqolada “Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanining zamonaviy tibbiy ta’limdagi o’rni, uni samarali o’qitish usullari va o’qitish metodikasining ilmiy asoslari keng yoritilgan. Dars jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularni amaliy ko’nikmalarga ega bo’lgan raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Maqolada ayni yo’nalishda xorijiy tajribalarga ham e’tibor qaratilgan. Jumladan, AQSH, Germaniya va Yaponiya kabi rivojlangan davlatlarning tibbiy oliygohlarida tibbiyotda IT vositalari yordamida o’quv jarayoni qanday tashkil etilishi , masofaviy ta’lim, telemeditsina, sun’iy intelekt asosida ishlovchi tahlil vositalari, virtual anatomik laboratoriyalar va simulyatsion o’quv dasturlar bilan taqqoslovchi yondashuvlar berilgan.