BIOLOGIK FAOL MODDALARNI ULTRATOVUSH BILAN AJRATIB OLISH : SPIRULINA, GILOS O’RIK ASOSIDA
Keywords:
Spirulina, gilos, o‘rik, biologik faol moddalar, ultratovushli ekstraksiya, fikosiyanin, antosiyanin, fenolik birikmalar, ekstraksiya parametrlari, ekologik texnologiya.Abstract
Mazkur maqolada spirulina, gilos va o‘rik kabi biologik faol moddalarga boy xomashyolardan ultratovushli usul yordamida ekstrakt olish texnologiyasi o‘rganilgan. Mavzuning dolzarbligi shundaki, an’anaviy ekstraksiya usullari ko‘plab kamchiliklarga ega bo‘lib, biologik faol moddalarning parchalanishiga yoki yo‘qolishiga olib keladi. Shu bois, zamonaviy, samarali va ekologik toza usul – ultratovush yordamida ajratib olish texnologiyasi ilmiy va sanoat doirasida keng e’tiborni tortmoqda. Tadqiqotda spirulinadan fikosiyanin, gilosdan antosiyanin, o‘rikdan esa fenolik birikmalarni ajratib olishda ultratovushning ta’siri, chastota, quvvat, vaqt, harorat kabi parametrlarning ekstraksiya samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi.
Downloads
Published
2025-05-19
Issue
Section
Articles
How to Cite
BIOLOGIK FAOL MODDALARNI ULTRATOVUSH BILAN AJRATIB OLISH : SPIRULINA, GILOS O’RIK ASOSIDA. (2025). Modern Education and Development, 26(3), 243-249. https://scientific-jl.com/mod/article/view/14836