"TEXNOLOGIK TAʼLIMDA INNOVATSION METODLARNI QOʻLLASHNING SAMARADORLIGI"
Keywords:
texnologik ta’lim, innovatsion metodlar, interfaol yondashuv, loyiha asosida o‘qitish, ijodiy fikrlash, AKT, samaradorlik.Abstract
Ushbu maqolada texnologik ta’limda innovatsion metodlarni joriy etishning zarurati, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri hamda samaradorligi atroflicha tahlil qilingan. An’anaviy ta’lim shakllaridan farqli ravishda, interfaol va innovatsion metodlar o‘quvchilarni dars jarayonida faol ishtirok etishga, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarni yechishga o‘rgatadi. Xususan, loyiha asosida o‘qitish, “aqliy hujum”, “fikrlar kartasi”, rolli o‘yinlar, “besh barmoq” va “klaster” metodlarining qo‘llanilishi orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari, ijodiy yondashuvi va ijtimoiy faolligi rivojlanishi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida darslarni interaktiv tashkil etish, multimediya vositalari orqali mavzuni chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatlari ham yoritilgan. Ilmiy-nazariy tahlillar va amaliy kuzatuvlarga tayangan holda, innovatsion metodlarning texnologik ta’lim sifatini oshirishdagi roli asoslab berilgan va tavsiyalar ilgari surilgan.