MADANIY KODLAR VA RAMZLAR ORQALI SIYOSIY SAFARBARLIK
Keywords:
Ramzlar, kodlar, siyosiy safarbarlik, siyosiy kommunikatsiya, jamiyatni birlashtirish va ta`sir o`tkazish.Abstract
Ushbu maqola madaniy kodlar va ramzlarning siyosiy safarbarlik jarayonidagi muhim o‘rnini o‘rganishga qaratilgan. Madaniy kodlar va ramzlar jamiyatning ma’naviy va madaniy asoslarini ifodalovchi belgilar sifatida, siyosiy harakatlarni shakllantirish va xalqni bir maqsad atrofida birlashtirishda kuchli vosita hisoblanadi. Maqolada milliy bayroqlar, timsollar va tana harakatlarining siyosiy safarbarlikda qanday qo‘llanilishi va ular orqali qanday motivatsiya yaratilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, madaniy kodlar va ramzlarning siyosiy kommunikatsiya va identifikatsiyadagi roli, ularning jamiyatda siyosiy ongni shakllantirishdagi ahamiyati misollar va nazariy tushunchalar yordamida bayon etiladi. Ushbu tahlil siyosatshunoslik, madaniyatshunoslik va ijtimoiy psixologiya sohalariga oid bilimlarni integratsiyalash orqali siyosiy safarbarlik jarayonini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi.