ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDAGI ADABIY JANRLAR NUQTAI NAZARIDAN TAHLIL VA UNING TURKIYADA O’RGANILISHI

Authors

  • Obidova Ruxshona Vohid qizi Author
  • I.B. Xudoynazarov Author

Keywords:

Boburnoma, adabiy janr, bayon asosidagi adabiy asarlar, xotira, kundalik.

Abstract

Buyuk Turkiston mintaqasida islom madaniyati ta’sirida, Temuriylar davrida shakllangan Xorazm turkchasining davomi sifatida rivojlangan Chig‘atoy tilining eng qimmatli vakili — buyuk adib va tilshunos Alisher Navoiydir. Undan keyin esa bu til va adabiyotga hissa qo‘shgan shaxs — Zahiriddin Muhammad Bobur bo‘lib, uning “Boburnoma” asari adabiy janr nuqtayi nazaridan turlicha fikr va talqinlarga sabab bo‘lgan. Ba’zilar ushbu asarni g‘arb tarixiy shaxslarining asarlari bilan qiyoslaydi, boshqalar esa uni o‘ziga xos, yagona bir asar deb hisoblaydi. Ushbu maqolada sifatli tadqiqot va tahlillar doirasida bayon asosidagi adabiy janrlar o‘tmishdan to hozirgi kungacha o‘ziga xos uslub, shakl va mazmun farqlari bilan rivojlanib kelgani tabiiy hol sifatida qaraladi. Shu bilan birga tarixiy matnlar, xotira asarlari, voqea bayonlari va kundalik tarzidagi yozuvlar o‘zlariga xos xususiyatlarga ega ekani haqida fikr yuritiladi.

Author Biographies

  • Obidova Ruxshona Vohid qizi

    Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

    Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti Turkiya tarixi yo‘nalishi

    Turk-ingliz guruhi 2-bosqich talabasi

  • I.B. Xudoynazarov

    Ilmiy rahbar

Published

2025-05-27

How to Cite

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING “BOBURNOMA” ASARIDAGI ADABIY JANRLAR NUQTAI NAZARIDAN TAHLIL VA UNING TURKIYADA O’RGANILISHI. (2025). Modern Education and Development, 26(8), 386-392. https://scientific-jl.com/mod/article/view/16800