O'ZBEK ORFOGRAFIYASINING NAZARIY MASALALARI (KIRILLCHA VA LOTINCHA OʻZBEK YOZUVLARI IMLO QOIDALARINI QIYOSLASH ASOSIDA)

Authors

  • Raxmonova Nozima Mansur qizi Author

Keywords:

Oʻzbek tili, imlo, orfografiya, kirill yozuvi, lotin yozuvi, yozuv islohoti, fonetik prinsip, morfologik prinsip.

Abstract

Mazkur maqolada oʻzbek yozuvining kirill va lotin grafikasi asosidagi imlo qoidalari tahlil qilinadi. Har ikkala yozuv tizimidagi fonetik va morfologik prinsiplarga asoslangan imlo me’yorlari o‘zaro qiyoslanadi. Grafik tizimlar o‘rtasidagi farqlar, o‘xshashliklar va ayniqsa, orfografik muammo keltirib chiqaruvchi jihatlar tahlil qilinib, ularning lingvistik va amaliy asoslari yoritiladi. Shuningdek, ikki yozuv tizimining bir davrda amal qilishi natijasida yuzaga kelgan chalkashliklar, imlo me’yorlariga bo‘lgan ishonchning pasayishi, ta’lim, OAV va rasmiy hujjatlar sohasida kuzatilayotgan muammolar o‘rganiladi. Maqolada orfografik muammolarning kelib chiqish sabablari chuqur tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha nazariy va amaliy yechimlar taklif etiladi. Tadqiqot natijalariga asoslanib, yagona va barqaror yozuv tizimini shakllantirish zaruriyati asoslanadi, imlo me’yorlarining izchil, tizimli va ilmiy yondashuv asosida uyg‘unlashtirilishi lozimligi ta’kidlanadi. Bu esa tilning yozma shaklida aniqlik, soddalik va me’yoriylikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Author Biography

  • Raxmonova Nozima Mansur qizi

    Chirqchiq davlat pedagogika universiteti

    O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi

    1-kurs talabasi

Published

2025-05-27

How to Cite

O’ZBEK ORFOGRAFIYASINING NAZARIY MASALALARI (KIRILLCHA VA LOTINCHA OʻZBEK YOZUVLARI IMLO QOIDALARINI QIYOSLASH ASOSIDA). (2025). Modern Education and Development, 26(9), 52-55. https://scientific-jl.com/mod/article/view/16848