HUQUQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA HUQUQIY TARBIYANING O’RNI.
Keywords:
Huquqiy ong, huquqiy madaniyat, ijtimoiy ong, huquq, kodifikatsiya, normativ huquqiy hujjat.Abstract
Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun izchil huquqiy tarbiya ishlarini olib borish lozim. Bu yo’nalishda qo’yidagilar o’ta muhim ahamiyat kasb etadi: yuksak malakali sud-adliya kadrlarini tayyorlab borish; barcha o’quv yurtlarida, maktablarda huquq haqidagi bilimlarni o’rgatish-o’rganish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televidenie, vaqtli matbuotda huquqiy bilimlarni keng targ’ib va tashviq qilish; aholining, mustaqil ravishda, huquqiy bilimlarni o’rganish maqsadida qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, ichki ishlar organlarining ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta’minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o’rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni tarqatish; huquqiy xulqni rag’batlantirish.