VIRTUALIZATSIYA TEXNOLOGIYASI VA UNING QO’LLANISH SOHALARI
Keywords:
virtualizatsiya, hypervisor, server virtualizatsiyasi, containerizatsiya, bulutli hisoblash, virtual mashina, IT infratuzilma, resurslarni boshqarish, tarmoq virtualizatsiyasi, saqlash tizimlari, VMware, Docker, OpenStack.Abstract
Ushbu maqolada virtualizatsiya texnologiyasining zamonaviy axborot texnologiyalari infratuzilmasidagi o‘rni, rivojlanish tarixi va asosiy tamoyillari keng yoritilgan. Virtualizatsiya orqali fizik resurslardan samarali foydalanish, xarajatlarni kamaytirish, tizimning ishonchliligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada server, tarmoq, saqlash tizimlari va container virtualizatsiyasi kabi yo‘nalishlar bilan birga, bulutli texnologiyalar va containerizatsiyaning ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, virtualizatsiyani boshqarish vositalari, hypervisor turlari, virtual mashinalar va containerlar, resurslarni optimallashtirish va monitoring qilish tizimlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Virtualizatsiyaning dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazishdagi roli ham ochib berilgan. Ushbu maqola virtualizatsiya texnologiyalarini chuqur tushunishga, ularni amaliyotda samarali joriy etishga xizmat qiladi.