ELEKTR TA’MINOT TIZIMIDA YO’QOTISHLARNI KAMAYTIRISHNING INNOVATSION YONDASHUVLARI
Abstract
Ushbu maqolada elektr ta’minoti tizimlarida energiya isroflarini kamaytirishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Raqamli nazorat va monitoring tizimlari, jumladan ENHAT kabi avtomatlashtirilgan hisob tizimlari orqali real vaqt rejimida energiya sarfini nazorat qilish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni aniqlash va bartaraf etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yuqori samaradorlikdagi uskunalar (IE3/IE4 motorlar, amorf transformatorlar), reaktiv quvvatni kamaytirish usullari, “aqlli tarmoqlar” va ISO 50001 energiya menejment tizimi asosida resurslarni boshqarish bo‘yicha zamonaviy texnologik yechimlar tahlil qilingan. Maqola energiya samaradorligini oshirish orqali ekologik barqaror va iqtisodiy jihatdan foydali energiya tizimlarini yaratishga qaratilgan.