ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR OBRAZINING JAHON ADABIYOTSHUNOSLIGIDAGI ROLI
Keywords:
biografik yondashuv, tarixiy shaxs, tarixiy asar, badiiy asar, obraz, tarixiy haqiqat, badiiy to`qima, “Boburnoma”, “Tarixi Rashidiy”.Abstract
Shoh va shoir Z.M.Bobur jahon tamadduniga hissa qo`shgan ulug` siymolar qatorida turadi. Shu bois bu tarixiy shaxs haqida dunyo miqyosida u yashagan davrdan hozirga qadar qator tarixiy va badiiy asarlar yaratildi va yaratilmoqda. Bu tarixiy va badiiy manbalarda ulug` mutafakkir haqidagi muhim haqiqatlar, uning nihoyatda murakkab, biroq mazmunli hayoti o`z ifodasini topgan. Mazkur manbalarni muqoyasaviy o`rganish bugungi adabiyotshunoslik va tarixshunoslik ilmi oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. Shu nuqtai nazardan ushbu maqolada avstriyalik yozuvchi Fris Vyurtlening “Andijon shahzodasi” qissasi hamda amerikalik sharqshunos Harold Lambning “Bobur – yo`lbars” biografik romanida yaratilgan Bobur obrazi Z. M. Boburning “Boburnoma” memuar va Muhammad Haydar Mirzoning “Tarixi Rashidiy” tarixiy asarlari bilan qiyosan tekshirilgan. Bunda adabiyotshunoslikdagi biografik metod asos qilib olingan.