BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI

Authors

  • Gapparova Gulbahor Malikovna Author

Abstract

tozalikning bir boʻlimi; shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur boʻlgan gigiyenik rejim yoʻli bilan odam sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi. Shaxsiy gigiyena har bir kishining oʻziga va yoshiga bogʻliq boʻlib aqliy va jismoniy mehnatni yoʻlga qoʻyish, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish vaqtida ovqatlanish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni toʻgʻri uyushtirishdan iborat. Tor maʼnoda, badan (teri, soch, tirnoq, tishlar), kiyim-kechak, poyabzal, koʻrpa-toʻshak, turar joy, ovqat tayyorlash tozalik va b. ham Shaxsiy gigiyenaga kiradi. Birinchi navbatda, badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarur. Ayniqsa, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qoʻlni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerak. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qoʻlning tozaligiga eʼtibor berish lozim. Shaxsiy gigiyena qoidalariga bolalar juda yoshligidanoq odatlanishi zarur.

Author Biography

  • Gapparova Gulbahor Malikovna

    Bos’ton Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

    Hamshiralik ishi fani o’qituvchisi

Published

2025-06-10

How to Cite

BEMORLARNING SHAXSIY GIGIYENASI. (2025). Modern Education and Development, 27(6), 29-35. https://scientific-jl.com/mod/article/view/19575