AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA INNOVATSION FAOLIYATGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Keywords:
innovatsion faoliyat, aksiyadorlik jamiyati, ichki omillar, tashqi omillar, texnologik yangilik, boshqaruv.Abstract
Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillar tizimli ravishda tahlil qilingan. Innovatsion faoliyatning jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi o‘rni ochib berilgan hamda ushbu faoliyatga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar o‘rganilgan. Xususan, boshqaruv tizimi, moliyaviy resurslar, kadrlar salohiyati kabi ichki omillar kabilar bilan birga, davlat siyosati, texnologik rivojlanish, investitsion muhit kabi qator muhim tashqi omillar ta’siri tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston aksiyadorlik jamiyatlarida innovatsion faoliyatning hozirgi holati va uni rivojlantirish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Maqola yakunida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.