AHMAD YUGNAKIY "HIBBAT UL-HAQOYIQ" TAFAKKURI
Keywords:
tarix, uygʻonish, tafakkur, ruh,adabiy uslub, yodgorlik,adabiy ildiz.Abstract
mazkur maqola buyuk mutafakkir Ahmad Yugnakiy va uning nodir asari “Hibbat ul-haqoyiq” tafakkurini yoritishga bag‘ishlangan. Unda asarning ma’naviy, axloqiy va falsafiy mazmuni tahlil qilinadi. Ahmad Yugnakiy o‘z asari orqali haqiqat, poklik, nafs bilan kurash, dunyo–oxirat muvozanati, bilim va donishmandlik kabi mavzularni o‘rtaga qo‘yadi. Asar sufiylik ruhida yozilgan bo‘lib, insonni yuksalishga, ma’naviy kamolotga undaydi. Maqolada, shuningdek, “Hibbat ul-haqoyiq” asarining bugungi zamon bilan bog‘liqligi, uning tarbiyaviy, axloqiy ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Asar o‘z davrida ham, bugungi kunda ham xalqni haqqoniylikka, kamtarlikka va ruhiy poklanishga chorlaydigan bebaho meros sifatida baholanadi.
Downloads
Published
2025-06-19
Issue
Section
Articles
How to Cite
AHMAD YUGNAKIY "HIBBAT UL-HAQOYIQ" TAFAKKURI. (2025). Modern Education and Development, 28(3), 207-210. https://scientific-jl.com/mod/article/view/21975