JAZO TUSHUNCHASI TUSHUNCHASI VA TIZIMI
Abstract
Jazo – jinoyat huquqining markaziy institutlaridan biridir, chunki u jinoiy javobgarlikni amalga oshirishning yetakchi shaklidir. Jinoiy javobgarlikni amalga oshirish vositasi sifatida nafaqat jazo choralari, balki boshqa xil jinoyat-huquqiy (tibbiy, tarbiyaviy yo‘sindagi majburiy choralar, shartli hukm va sh.k.) ta’sir choralari qo‘llanishi bois, jinoiy javobgarlik jazodan farqli o‘laroq, yanada kengroq va ixchamroq yuridik kategoriya ekanligini ta’kidlash lozim. Bir tarafdan jazo – shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishining mantiqiy oqibatidir, boshqa tarafdan esa, JK tomonidan himoya qilinayotgan ijtimoiy munosabatlarni tiklashning bir vositasidir ham. Aynan jinoyatlar uchun jazo tayinlanishi jinoyat qonunini ijtimoiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatish vositasiga, huquqiy normalarni shaxs, jamiyat va davlatni huquqqa xilof tajovuzlardan himoya qilishning amaliy vositasiga aylantiradi.