MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEK TANQIDCHILIGI: SHARAFIDDINOV MAKTABINING YANGICHA YONDOSHUVLARI

Authors

  • Tursunova Dilsoʻz Abrorovna Author

Keywords:

Ozod Sharafiddinov, mustaqillik davri, o‘zbek adabiy tanqidchiligi, estetik tafakkur, yangi yondoshuvlar, tanqid maktabi, adabiy meros, milliy g‘oya, badiiy tafakkur.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada mustaqillik davrida o‘zbek adabiy tanqidchiligi taraqqiyoti, uning shakllanishi va rivojida Ozod Sharafiddinov ijodining tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Xususan, muallif tomonidan yaratilgan adabiy-tanqidiy yondashuvlar, estetik qarashlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalarga bo‘lgan noan’anaviy munosabat o‘rganiladi. Sharafiddinovning “Bir tilda gaplashaylik”, “Ijodni anglash baxti” kabi asarlari orqali milliy tanqidchilikda shakllangan yangi yondoshuvlar, ijtimoiy hayot, milliy g‘urur, tarixiy xotira, adabiyot va badiiy tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar tahlil markaziga olinadi. Maqolada tanqidchi sifatida uning mustaqillik davri o‘zbek adabiyotidagi mavqei, adabiy-tarixiy merosga bergan baholari, g‘oyaviy-estetik mezonlari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, Sharafiddinov maktabining bugungi yosh tanqidchilarga ko‘rsatgan ta’siri ham ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.

Published

2025-06-21

How to Cite

MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEK TANQIDCHILIGI: SHARAFIDDINOV MAKTABINING YANGICHA YONDOSHUVLARI. (2025). Modern Education and Development, 28(4), 217-222. https://scientific-jl.com/mod/article/view/22313