PATOLOGIK HOLATDA QON TOMIRLARDA TROMB HOSIL BO’LISHI

Authors

  • O’skanboyeva Sevinch Rustam qizi Author
  • Sharapova Nozima Erkinjonovna Author

Keywords:

Tromboz, embolla, ishemiya, miokard infarkti, nekroz, kollateral, trombolitik terapiya, tromboektomiya, obliterans, ateroskleroz, qandli diabet, endarterit, kriptogenik tashkilliy pnevmoniya, vinivarter kasaligi.

Abstract

Turli kasalliklarda ya’ni patologik holatlarda tromblarning shakllanishi tromblangan tomir hududida o’tkir qon aylanishining buzilishi ya’ni: Arterialarda hosil bo’lgan tromblar-Ishemiyaga olib keladi va Venalarda hosil bo’lgan tromblar- Qonning turg’inligi natijasida og’ir oqibatlarni yuzaga keltiradi. Agar yakuniy-Kollateral bosqichga yetib kelmagan bo’lsa, ya’ni trombozlangan tomir havzasida Nekroz- ya’ni to’liqroq qilib aytganda: Ma’lum bir to’qima hujayralarining o’lishiga nekroz deyilib, Infarkt rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.Infarkt bu- (lotinchadan olingan bo’lib: infarcire “to’lish, tiqilish” degan ma’nolarni beradi) ta’sirlangan hududga yetarli darajada qon ta’minlanmagani boisdan to’qimalarning o’lishi ya’ni nekrozga uchrashi sanaladi. Miokard infarkti rivojlanishida Koronar arteriyalar trombozining o’rni katta hisoblanadi. Arterial tromboz: Ateroskleroz bu- qon tomirlarning siqilishi natijasida qon oqish tizimining buzilishi. Endarterit yoxud- Obliteratsiyalovchi endarterit- Vinivarter kasalligi bu- oyoq arteriyalarining yalig’lanishi bilan kechadigan surunkali kasalik hisoblanadi. Bu kasallikda tomirlar asta- sekin torayib, bora- bora butunlay bekilib qoladi. Natijada oyoqning qon bilan ta’minlanishi izdan chiqadi. Bu kasallik kelib chiqishiga sabab bo’luvchi omillar quyidagilar kiradi: Oyoqni sovuq urishi, lat yeyishi, miya shikastlanishi, chekish, turli infektsiyali va boshqa kasalliklar sabab bo’ladi. Odatda 20-40 yoshdagi erkaklarda ko’p uchraydi. Obliteratsiyalovchi endarteritda oyoq tez toliqadi, tomir tortishadi, keyinchalik oqsaydigan bo’lib qoladi, et uvishishi, paresteziyalar, qattiq og’riq kabi simptomlar kuzatiladi.

Qandli diabet bu- qand kasallilgi ham deb atalib, organizmda Insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik hisoblanadi. Obliterans yoxud- Bronxiolitis obliterans (BO), Obliterativ bronxiolit, Konstriktiv bronxiolit va Popkorn o’pkasi sifatida ham tanilgan ushbu kasallik- yalig’lanish tufayli o’pkaning eng kichik havo yo’llarining (bronxiolalari) ning tiqilib qolishiga olib keladigan kasallikdir. Simptomlariga kiradi: quruq yo’tal, nafas qisilishi, xirillash va charchoq kabi alomatlar kiradi. Bu alomatlar odatda haftalar va oylar davomida kuchayib boradi. Bu Kiriptogenik tashkilliy pnevmoniya bilan aloqador emas. Ilgari bronxiolit obliterans Kriptogenik tashkil etuvchi pnevmoniya sifatida qayd etilgan. Shu kabi kasalliklar Arterial trombozga misol bo’ladi va bu kasalliklar natijasida oyoq- qo’l gangrenasining keyingi bosqichi rivojlanishi va trofik buzilishlarga olob kelishi mumkin. Bu kabi holatlar patologik holatlarda tromb hosil bo’ lishining salbiy oqibatlariga misol bo’ ladi.

Tromboz juda keng tarqalgan va butun dunyo bo’ylab har 4 o’limdan 1 ta o’limning asosiy sababchisi hisoblanadi. Buning sababi tromboz yurak xuruji, insult yoki o’pka embolyasi (tiqini) kabi xavfli holatlarga olib kelishi mumkin.

Author Biographies

  • O’skanboyeva Sevinch Rustam qizi

    Osiyo Xalqaro Universiteti tibbiyot fakulteti talabasi

  • Sharapova Nozima Erkinjonovna

    Fundamental fanlar kafedrasi assistenti

    Osiyo Xalqaro Universiteti, Buxoro, O’zbekiston

Published

2025-02-17

How to Cite

PATOLOGIK HOLATDA QON TOMIRLARDA TROMB HOSIL BO’LISHI. (2025). Modern Education and Development, 20(2), 30-37. https://scientific-jl.com/mod/article/view/2259