YURAK-QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARIDA BEMORLAR PARVARISHINING O’ZIGA XOSLIGI
Keywords:
Yurak qon tomir tizimi kasalliklari, yurak eshimik kasalliklari,bemorlar parvarishi, parhez stol.Abstract
O‘zbekistonda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan kasallanish va o‘lim ko ‘rsatkichlari o’rganilgan bo’lib , Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti statistik ma’lumotlariga ko’ra, so’nggi 15 yil ichida yurak-qon tomir tizimi kasalliklari hali ham kattalar va yosh aholi orasida o’lim va nogironlik sabablari orasida keng tarqalib, birinchilikni saqlab kelmoqda. Shuningdek, yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan yillik o’lim holati kuzatilishi , bu taxminan 17, 7 mln kishini tashkil etadi, bu global o’limning barcha holatlarining 31% ni tashkil qiladi. Yangi yuqori zamonaviy texnologiyali tibbiy yordamlarning jadal rivojlanishi va kardiologik amaliyotga joriy etilishiga qaramasdan, bemorlarning barcha turdagi YuTYo lardan foydalanish mexanizmlari va bu sohadagi tashkiliy jarayonlar yetarlicha o ‘rganilmagan. Uning ustiga yurak qon tomir tizimi kasalliklari bilan og’rigan bemorlar parvarishining aksaryati noto’g’ri ekanligi va bemorning kundalik tartibi (ovqatlanish, uyqu tartibi, stressdan uzoq saqlanmasligi) ham kasallik belgilari tez rivojlanishi, o’lim holatini ko’paytirishi va kasallikning boshlang’ich belgisi rivojlanishiga olib keladi.