IJTIMOIY TARMOQLAR YOSHLAR XULQ-ATVORINI SHAKLLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA

Authors

  • Mirzaxamdamova Odina Mirzoxid qizi Author

Keywords:

ijtimoiy tarmoqlar, yoshlar xulq-atvori, sotsiologik ta’sir, axloqiy qadriyatlar, virtual realilik, FOMO sindromi, media savodxonlik, raqamli madaniyat, ijtimoiy solishtirish, axloqiy immunitet, ijtimoiy ta’sir nazariyalari, yoshlarning identiteti, psixologik ta’sir, trendlar, kommunikatsiya, taqlid mexanizmi, raqamli tarbiya.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy raqamli muhitning ajralmas qismiga aylangan ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar xulq-atvoriga ko‘rsatadigan ta’siri sotsiologik va psixologik jihatdan chuqur tahlil qilinadi. Mavzuning dolzarbligi, ayniqsa, global axborot oqimi sharoitida yosh avlodning ongini shakllantirishda ijtimoiy tarmoqlar muhim rol o‘ynayotganida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda yoshlar xulq-atvorining asosiy ko‘rsatkichlari (axloqiy qadriyatlar, ijtimoiy me’yorlarga munosabat, shaxsiy identitet, taqlid, o‘ziga baho berish va boshqalar) ijtimoiy tarmoqdagi faoliyat bilan qanday bog‘liq ekani o‘rganilgan.

Maqolada Bandura, Giddens, Castells, Bauman kabi olimlarning ijtimoiy ta’sir va kommunikatsiya nazariyalariga tayanilgan holda, ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongida virtual va real haqiqat o‘rtasidagi farqlarni yo‘q qilayotgani ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, yoshlarning axborotni qabul qilish darajasi, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari, virtual ijtimoiy solishtirish (masalan, mukammallik sindromi, FOMO) kabi hodisalarning salbiy oqibatlari ko‘rsatib beriladi.

Maqolada O‘zbekiston yoshlari orasida olib borilgan kuzatuvlar va empirik misollar orqali ijtimoiy tarmoqlarning milliy mentalitet, tarbiya va axloqiy immunitetga ko‘rsatadigan ijobiy va salbiy ta’siri amaliy jihatdan tahlil etilgan. Natijada, muallif tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarning ongli ishtirokini rag‘batlantirish, media savodxonlikni oshirish, va raqamli madaniyatni rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari suriladi.

Mazkur tadqiqot yoshlar bilan ishlovchi mutaxassislar, sotsiologlar, psixologlar hamda pedagoglar uchun amaliy va nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, ijtimoiy tarmoq fenomenini chuqur tushunishga yordam beradi.

Author Biography

  • Mirzaxamdamova Odina Mirzoxid qizi

    Farg‘ona davlat universiteti Tarix fakulteti

    Sotsiologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Published

2025-06-26

How to Cite

IJTIMOIY TARMOQLAR YOSHLAR XULQ-ATVORINI SHAKLLANTIRUVCHI OMIL SIFATIDA. (2025). Modern Education and Development, 28(5), 405-409. https://scientific-jl.com/mod/article/view/23152