ETIKA VA ESTETIKA INSON AXLOQIYATI VA GO‘ZALLIK TUYĞUSI O‘RTASIDAGI UZVİYLIKDIR
Keywords:
Etika, estetika, axloq, go‘zallik, ma’naviyat, san’at, ong, tarbiya, fazilat, falsafa, axloqiy me’yor, estetik qadriyatlar, shaxsiy kamolot.Abstract
Mazkur maqolada etika va estetika tushunchalari, ularning mohiyati, vazifalari va o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Etika insonning axloqiy qadriyatlari, burch va javobgarlik tamoyillarini o‘rganar ekan, estetika esa go‘zallikni anglash, san’atni qadrlash, nafislik va yuksak tuyg‘ular olamiga kirib boradi. Maqolada qadimgi yunon faylasuflarining bu boradagi qarashlari, masalan, Aristotel, Platon va Kantning axloqiy va estetik yondashuvlari tahlil qilingan.
Etika va estetika inson hayotida o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, ma’naviy kamolotga erishishda muhim rol o‘ynaydi. Insonning axloqiy yetukligi estetik idrok bilan boyisa, u nafaqat yaxshi, balki go‘zal ish qilishga intiladi. Shuningdek, estetik qadriyatlar axloqiy tarbiyaning kuchli omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda etika va estetikani o‘rgatish, ayniqsa yoshlarda ma’naviy va estetik ongni shakllantirish borasidagi dolzarb masalalar ham yoritilgan.