KOMPETENSIYAGA ASOSLANGAN YONDASHUVNI AMALGA OSHIRISH SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING AXBOROT VA DIDAKTIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
kompetensiyaga asoslangan yondashuv, axborot ko‘nikmasi, didaktik savodxonlik, bo‘lajak o‘qituvchi, interaktiv metodlar, raqamli ta’lim, metodik tayyorgarlikAbstract
Ushbu maqolada kompetensiyaga asoslangan ta’lim tizimi doirasida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot va didaktik ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirish, ta’lim mazmunini funksional va amaliy jihatdan tashkil etish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiruvchi metodlarni qo‘llash zamonaviy pedagog kadrlardan talab etilmoqda. Mazkur tadqiqotda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko‘nikmasi, o‘quv materiallarini tanlash, modellashtirish, didaktik moslashtirish va interaktiv yondashuvlarni qo‘llashda pedagogik tayyorgarlik darajasini oshirish yo‘llari amaliy misollar asosida yoritilgan. Shuningdek, kompetensiyaga asoslangan yondashuvda o‘qituvchining axborot va metodik savodxonligi asosiy o‘rin tutishi ko‘rsatib beriladi.