TILSHUNOSLIKDA MIFOLOGIK BIRLIKLARNING ILMIY-NAZARIY TADQIQI
Abstract
Ushbu maqola tilshunoslikda mifologik birliklarning ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilishini yoritishga bag‘ishlangan. Mifologik birliklar xalq tafakkurining tarixiy-madaniy qatlamlarini o‘zida aks ettiruvchi lingvistik vosita bo‘lib, ularning shakllanishi, ma'no qatlamlari, ramziy xususiyatlari turli nazariy yondashuvlar asosida tahlil etiladi. Maqolada kognitiv lingvistika, semiotika, etimologiya va qiyosiy tilshunoslik nuqtai nazaridan bu birliklarning lingvistik funksiyalari ochib beriladi. Ingliz va o‘zbek tillarida mavjud mifologik birliklar asosida solishtirma tahlillar keltirilib, ularning madaniy va stilistik ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mifologik birliklar tilning estetik va kognitiv kuchini kuchaytiruvchi, madaniyatlararo tafakkurni ifodalovchi asosiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi.