ONLAYN BUDJET TUZISH: RAQAMLI QURILMALAR ORQALI SHAXSIY MOLIYANI BOSHQARISH
Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy raqamli qurilmalar va onlayn vositalar orqali shaxsiy moliyaviy boshqaruvni yaratish, takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Ayniqsa, onlayn budjet tuzish amaliyotlari, mobil ilovalar, veb-platformalar va sun'iy intellekt asosidagi moliyaviy yordamchi dasturlar orqali xarajatlar va daromadlarni nazorat qilishning samarali jihatlari ushbu maqolada batafsil yoritilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar yordamida moliyaviy savodxonlikni oshirish, moliyaviy intizomni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonlarini soddalashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, insonlar orasida onlayn budjetlashtirish vositalaridan foydalanish darajasi hamda ularning moliyaviy barqarorlikka ta’siri statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Maqola yakunida shaxsiy moliyani raqamli asosda boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.