LOYIHALARNING MOLIYAVIY SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
Keywords:
moliyaviy samaradorlik, ROI, IRR, Payback Period, bank tizimi, sof foyda, foizli daromad, adaptiv boshqaruv, loyiha boshqaruvi, iqtisodiy islohotlar.Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston bank tizimining 2024–2025 yillar davomidagi moliyaviy samaradorligi tahlil qilinib, bank daromadlari, xarajatlari va sof foyda ko‘rsatkichlarining dinamikasi yoritilgan. An’anaviy boshqaruv modellarining cheklovlari tahlil qilinar ekan, xususan, Waterfall modeli kabi yondashuvlarning o‘zgaruvchan iqtisodiy muhitda samarasizligi va moslashuvchanlik yetishmasligi natijasida loyihalarning kechikishi, xarajatlar oshishi hamda mijoz qoniqmasligi kabi muammolar keltirib chiqarayotgani ko‘rsatib o‘tilgan. Bank tizimining asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari — ROA, ROE, foizli va foizsiz daromadlar, xarajatlar hamda kredit xavflari tahlili orqali tizimning barqarorlik darajasi va moliyaviy holati baholangan. Shu bilan birga, loyihalarning moliyaviy samaradorligini aniqlovchi investitsion ko‘rsatkichlar — ROI, IRR va Payback Period asosida loyihalarning jozibadorligi va sarmoyaviy xavfi baholangan. Maqolada 2017–2022 yillardagi makroiqtisodiy o‘sish, sanoat kengayishi, eksport hajmining ortishi va xorijiy investitsiyalar oqimi singari omillar bank va biznes loyihalarning moliyaviy samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatgani qayd etilgan. Xulosa o‘rnida, loyihalarning moliyaviy bahosi bozor sharoitlari, davlat siyosati va islohotlar kontekstida kompleks yondashuv asosida olib borilishi lozimligi ta’kidlangan.