KASB-HUNAR YO‘NALTIRISHDA MAKTAB VA OILA HAMKORLIGINING PSIXOPEDAGOGIK AHAMIYATI

Authors

  • Adasheva Muslima Odiljon qizi Author

Keywords:

Kasb-hunar yo‘naltirish,Maktab va oila hamkorligi,Psixopedagogik yondashuv,O‘quvchi shaxsiyati,Kasb tanlash motivatsiyasi,Psixologik qo‘llab-quvvatlash.

Abstract

Ushbu maqolada kasb-hunar yo‘naltirish jarayonida maktab va oila o‘rtasidagi samarali hamkorlikning psixopedagogik ahamiyati yoritilgan. O‘quvchilarning to‘g‘ri kasb tanlashida nafaqat maktab pedagoglari va psixologlari, balki ota-onalarning ham faol ishtiroki muhim rol o‘ynaydi. Maktab o‘quvchining qobiliyati va qiziqishini aniqlab, yo‘naltiruvchi muhit yaratgan bo‘lsa, oila esa uning ruhiy holatini tushunish, rag‘batlantirish va hayotiy qarorlarini qo‘llab-quvvatlashda asosiy ijtimoiy institut hisoblanadi. Maqolada o‘quvchi shaxsining shakllanishi, kasbga bo‘lgan motivatsiyasini rivojlantirishda pedagogik va psixologik yondashuvlarning integratsiyasi tahlil qilinadi. Shuningdek, maktab va oila o‘rtasidagi muloqot mexanizmlari, hamkorlik shakllari hamda ularning kasbiy yo‘naltirishdagi ijobiy ta’siri misollar asosida ko‘rsatib o‘tiladi.

Author Biography

  • Adasheva Muslima Odiljon qizi

    Namangan shahar Uchqo‘rgon tuman 48-DMTT psixologi

Published

2025-07-21

How to Cite

KASB-HUNAR YO‘NALTIRISHDA MAKTAB VA OILA HAMKORLIGINING PSIXOPEDAGOGIK AHAMIYATI. (2025). Modern Education and Development, 30(1), 253-258. https://scientific-jl.com/mod/article/view/25165