KASB TANLASHDA O‘QUVCHILARNING PSIXOLOGIK HOLATINI ANIQLASH VA QO‘LLAB-QUVVATLASH YO‘LLARI
Keywords:
Kasb tanlash,O‘quvchi psixologiyasi,Psixologik qo‘llab-quvvatlash,Kasbga yo‘naltirish,Pedagogik-psixologik yondashuv,Qiziqish va moyilliklar.Abstract
Mazkur maqolada o‘quvchilarning kasb tanlash jarayonida ularning psixologik holatini o‘rganish, baholash va zarur psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatishning dolzarbligi yoritilgan. Bugungi kunda yoshlarning to‘g‘ri kasb tanlashi nafaqat ularning kelajakdagi hayot sifati, balki jamiyatdagi mehnat resurslarining samarali taqsimlanishi bilan ham bevosita bog‘liq. Maqolada o‘quvchilarning qiziqishlari, moyilliklari, shaxsiy fazilatlari va kasbiy yo‘nalishlariga mos keluvchi kasbni tanlashiga ko‘maklashuvchi psixologik metodlar, testlar, suhbatlar hamda kuzatish usullari tahlil etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarga kasb tanlashda ota-ona, sinf rahbari va maktab psixologining o‘zaro hamkorligi asosida ko‘rsatiladigan yordam shakllari bayon etiladi. Muallif kasb tanlashda psixologik qo‘llab-quvvatlashning asosiy tamoyillari va amaliy yo‘llarini ochib beradi hamda bu borada olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ilgari suradi.