MANG‘ITLAR HOKIMYATGA KELISHI
Keywords:
Dashti Qipchoq, Idil (Volga) va Yoyiq daryolari, Abulfayzxon, Rajab Sulton, Ubaydullaxon, Balx, Nodirshoh, Muhammad Hakimbiy, Muhammad Rahimbiy.Abstract
MANG‘ITLAR — Buxoro amirligini boshqargan sulola (1757—1920). Uning vakillari Mang‘it qabilasiga mansub bo‘lganlar. Tarixiy tadqiqotlarda keltirilishicha, mang‘itlar yirik turkiy urug‘lardan biri bo‘lib, ular dastlab XIIXIII asrlarda Dashti Qipchoq, Idil (Volga) va Yoyiq daryolari oralig‘ida yashagan. XIV asrning oxirida Oltin O‘rla davlatidan ajralib chiqib, alohida Mang‘it O‘rdani tashkil qilganlar. XV asr o‘rtalarida mang‘itlar no‘g‘aylar (nog‘aylar) deb atalgan. Mang‘it O‘rda ham bu paytdan boshlab No‘g‘ay O‘rda (No‘g‘ay xonligi) nomini olgan. No‘g‘ay O‘rda davlatida asosan mang‘itlar va qo‘ng‘irotlar yashagan.
Downloads
Published
2025-07-24
Issue
Section
Articles
How to Cite
MANG‘ITLAR HOKIMYATGA KELISHI. (2025). Modern Education and Development, 30(1), 380-389. https://scientific-jl.com/mod/article/view/25316