“MIRZO ULUG‘BEK HAYOTI VA ILMIY-MA’RIFIY MEROSINI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY MAQOLA”SI

Authors

  • Mehribonu Xudoyberdiyeva Author

Keywords:

Sulton, Ulug‘bek, Samarqand, astronom, matematik, tarixchi, geograf, rasadxona.

Abstract

Mazkur maqola Mirzo Ulug‘bekning millat g‘ururi va ilm-fan sohasidagi ahamiyatini o'rganadi. O‘bekistonning ulkan tarixiy shaxslaridan biri sifatida Ulug'bek, nafaqat buyuk astronom va matematik, balki o‘z davrida madaniyat va ilmni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan arbobdir. Mirzo Ulug‘bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy merosini o'rganish, uning shaxsiyati va ilm-fanga qo‘shgan hissasini chuqur tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. U O‘zbekiston tarixidagi eng buyuk shaxslaridan biri bo‘lib, astronomiya va matematikada kashfiyotlari bilan tanilgan. Samarqandda qurilgan obidalar va ilmiy tadqiqotlar uning madaniyati va ilm-fan sohasidagi yuksak g‘oyalari bilan bog‘liq. Movvorounnahrni 30 yildan ortiq boshqargan Temuriylar sulolasining davomchisi umrining so‘ngini sulola vakillarining qo‘zg‘alonlari, fitna-fasodlari va xiyonatlari bois ro‘shnolikdan nari kechirishga majbur bo‘ldi, qondoshlari tomonidan harbiy qo‘zg‘olonlar uyushtirilishiga qaramasdan, alloma o‘zidan ulkan madaniy meros qoldira oldi. Mirzo Ulug‘bekning ishlaridagi innovatsion yondashuvlar va bilimlarni rivojlantirishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy avlodga ilhom manbai sifatida xizmat qiladi. Uning merosi nafaqat o‘zbek xalqiga, balki butun insoniyatga ta’sir ko'rsatadi. Ulug‘bek hayoti va faoliyatini o‘rganish, uning ilmiy yutuqlarini va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini qayta tiklashga yordam beradi.

Author Biography

  • Mehribonu Xudoyberdiyeva

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU)ning 1-kurs talabasi

Published

2025-02-19

How to Cite

“MIRZO ULUG‘BEK HAYOTI VA ILMIY-MA’RIFIY MEROSINI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN ILMIY MAQOLA”SI. (2025). Modern Education and Development, 20(2), 272-280. https://scientific-jl.com/mod/article/view/2567