IJTIMOIY PEDAGOGIKA FANI VA AMALIY FAOLIYAT SOHASI HAQIDA
Keywords:
Ijtimoiy pedagogika, ijtimoiylashuv, ta’lim, tarbiya, oila, jamiyat, yoshlar, reabilitatsiya, pedagogik yordam, ijtimoiy noqulayliklarAbstract
Ijtimoiy pedagogika — jamiyatning ijtimoiy-madaniy muhitida inson tarbiyasi va ijtimoiy rivojlanishini o‘rganadigan fan sohasi sifatida, ta’lim jarayonlari va ijtimoiy munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan. Mazkur fan, o‘zida nafaqat pedagogik g‘oyalarni, balki sotsiologik yondashuvlarni ham mujassam etadi. Ijtimoiy pedagogikaning asosiy maqsadi, insonni ijtimoiy muhitga moslashtirish, uning individual va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, hamda jamiyatda samarali faoliyat ko‘rsatishiga yordam berishdir. Ushbu maqola ijtimoiy pedagogikaning mohiyati, uning asosiy vazifalari va faoliyat sohalarini batafsil tahlil qiladi. Xususan, oila, maktab, yoshlar markazlari, reabilitatsiya muassasalari va boshqa ijtimoiy tizimlar bilan bog‘liq muammolar va ular ustida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga, ijtimoiy pedagogikaning jamiyatda o‘rin olgan amaliy faoliyat sohalaridagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi.