O’ZBEKISTONDA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARGA IJTIMOIY PEDAGOGIK YORDAM TASHKIL ETISH

Authors

  • Xudoyberdiyeva Madina Author

Keywords:

rivojlanib, yordam ko’rsatish,mehr oqibat,muhtojlik,insonparvarlik

Abstract

Mamlakatimizda alohida yordamga muxtoj bolalar bilan, ishlash ularga yordam ko’rsatish jamiyatda shaxs bo’lib shakllanishida hayotda o’z o’rnini topishda yordam berish uchun ularga keng ko’lamda sharoit va imkoniyatlar mavjuddir. Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto’g’ri tarbiya,ta’lim natijasida ham paydo bo’lishi mumkin masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o’qituvchining bolaga noto’g’ri munosabati va boshqa kopgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi o’zlashtira olmasligiga olib keladi. Biz yashayotgan jamiyatda biror bir bola e’tibordan chetda qolmaydi, bir bolaga yetti mahalla ota-onadir degan fikr buning isbotidir. Alohida e’tiborga muxtoj bolalar sirasiga nafaqat rivojlanishida nuhsoni bor bolalar, balki noto’liq oilada va oilaviy sharoiti talab darjasida bo’lmagan bolalar kiradi. Bu bolalar jamiatimiz tomonidan qo’llab quvatlanadi, ularga ma’naviy, iqtisodiy ijtimoiy psixologik pedagogik yordam ko’rsatiladi. Ularni manan yetuk shaxs barkamol avlod bo’lib, kelajakda o’z oilasi uchun va farzandlari uchun namunali inson bo’lishga ko’maklashish lozim. Maktab yoshidagi alohida yordamga muxtoj bolalar uchun barcha turdardagi ixtisoslashtirilgan maktab internotlar jumladan, aqli zaif bolalar uchun maktab-internotlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. O’rta umumiy ta’lim maktablarda bunday bolalar uchun sinflar, uzluksiz ta’lim tizimida alohida yordamga muxtoj bolalarni kasb xunarga o’rgatish to’garaklar tashkil qilingan. Hozirgi kunda ko’plab davlatlar qatori O’zbekistonda ham imkonyati cheklanga bolalarning ta’lim va tarbiya olishlari, tibbiy molajalar olib borishlari uchun imkoniatlar yaratib kelinmoqda va bunday insonlar va bolalarning haq-huquqlari qonun xujjatlari bilan mustahkamlab qo’yilgan va ximoya qilinmoqda. BMTning nogironlar huquqlari to’g’risidagi kongvensiyaning xalqaro standartlari, shuningdek, “nogiron” so’zi o’rniga “nogironligi bo’lgan shaxs” atamasidan foidalanishni nazarda tutuvchi “nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlari to’g’risida”gi qonun yurtimizda yuqoridagi toifaga mansub shaxslarning huquq va manfaatlarini ifodalashga xizmat qiladi. Fikrimiz isboti sifatida rivojlanishda nuqsoni bor yoki nogironligi bor bolalarga uyda ta’lim berish va ushbu ta’limni sifatli olib borilishini ta’lim sifatini yaxshilovchi organlar tomonidan va maktabgacha maktab ta’lim tashkiloti tomonidan alixida nazortga olingan. Uyda ta’lim olayotgan bolalar va imkoniyati cheklangan ijtimoiy himoyaga muxtoj bolalarni kasb hunarga yo’naltirish va kasb o’rgatish pedagoglar tomonidan bajarilmoqda. Joriy yilda “zamin” fondi “eshtish qobilyati zaif bolalar uchun ta’limni rivojlantirish” dasturi doirasida Muhhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT-maktabda “zamin Educatoin” loixasida start berilib, loxaning asosiy maqsadi eshtish qobilyati zaif bolalarning kasb mahoratini rivojlantirish va ijtimoiylashuvda qo’llab quvatlash, ularni oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishga tayyorlash, shuningdek, axbarot texnalogiyalari sohasida iqtisoslashtirilgan maktab iternotlar o’quvchilarni malakasini oshirish va yangi metodologiyani ishlab chiqishdan iborat. Ushbu loyiha birinchi “Zamin Edukation” o’quv resurs markazi ochilgan Muhhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AKT maktabi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda loyihaga mo’ljallangan sinfda malumotlarni qabul qilish sifatini oshirishga qaratilgan yordamchi uskuna - FM-tizimi o’rnatilgan. Shuningdek har bir o’quvchiga individual eshtish vositalari taqdim etilgan. 2020-yil 13-oktiyabrda “Alohida ta’lim extiyojlari bo’gan bolalarga ta’limtarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ4860-sonli qarori qabul qilindi.

Author Biography

  • Xudoyberdiyeva Madina

    University of Management and Future Technologies

    Universiteti 551-gurux talabasi

Published

2025-02-22

How to Cite

O’ZBEKISTONDA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARGA IJTIMOIY PEDAGOGIK YORDAM TASHKIL ETISH. (2025). Modern Education and Development, 20(3), 155-160. https://scientific-jl.com/mod/article/view/2824