MEHRIBONLIK UYLARIDAGI IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT
Keywords:
Mehribonlik uyi, ijtimoiy-pedagogik faoliyat, ijtimoiy moslashuv, tarbiya, psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar ta’limi, bolalar himoyasi, kommunikativ ko‘nikmalar.Abstract
Ushbu maqolada mehribonlik uylarida olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ahamiyati, asosiy yo‘nalishlari va samarali usullari tahlil qilinadi. Mehribonlik uylaridagi bolalar jamiyatning himoyaga muhtoj qatlamini tashkil etgani sababli, ularning ijtimoiy moslashuvi va shaxsiy rivojlanishi pedagogik faoliyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Maqolada ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish, psixologik qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuv, kasb-hunar o‘rgatish va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish kabi masalalar keng yoritilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy-pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ham ilgari suriladi. Ushbu tadqiqot mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarning ijtimoiy hayotga tayyorgarligini oshirishga qaratilgan amaliy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.