MUMTOZ MUSIQA ASARLARI RITMIK XUSUSIYATLARIDA DOYRA USULLARI IJRO IMKONIYATLARINING O’RNI VA AHAMIYATI (MAQOMLARNING CHOLG’U BO’LIMI TAHLILI MISOLIDA)

Authors

  • Annakulova Dildora Baymuratovna Author

Keywords:

doyra usuli, o‘zbek xalq musiqasi, o'zbek xalq cholg'ulari, shakllanish va takomillashish, tasnifot, musiqa san'ati, Shark va G'arb musiqashunosligi, musiqiy iboralar, falsafiy xususiyatlar.

Abstract

Mumtoz musiqa asarlari, xususan maqomlardagi asosiy kuy mavzui ko‘pincha ritmik va melodik variatsiyalar vositasi bilan turli shakllarga tushiriladi. (Cholg‘u yo‘llarda kuy mavzui o‘zgaruvchandir). Ularga yangi-yangi melodik tuzilmalar kiritish bilan kuy yo‘li takomillashtiriladi, ularning ta’sir kuchi ortib boradi. Tasnif, Tarje’, Gardun, Muxammas, Saqil yo‘llari birin-ketin ijro etilar ekan, ulardagi lad asosi va kuy mavzuining yaqin bo‘lgani, kuy jumlalarining rang-barang, ohangdorligi va yoqimliligi hamda doyra usullarining turli-tumanligi bilan butunlay sezilmay qoladi; bunda ijodkor bastakorlarning juda ham ustalik bilan yaratgan maqom yo‘llarining originalligi yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Har bir maqomdagi cholg‘u yo‘llari kishida xushchaqchaqlik, g‘amginlik yoki jasoratbaxsh kayfiyatlar qo‘zg‘ata oladi. O‘n ikki maqom haqida musiqa risolalarida aytilgan fikrlar Shashmaqom yo‘llariga ham mos keladi. Shashmaqom – O‘n ikki maqom tizimidagi sho‘’balar birikmasi ekan, olti maqom yo‘llarining ruhiy ta’sir kuchi turli-tuman bo‘lishi tabiiydir. Chunki har bir maqomda kuy mavzui, lad qiyofasi, doyra usuli turlicha bo‘lgan kuy va ashulalar mujassamlangan.

Author Biography

  • Annakulova Dildora Baymuratovna

    Guliston Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti An’anaviy xonandalik va xalq cholg`ulari kafedrasi o`qituvchisi

     

Published

2025-03-02

How to Cite

MUMTOZ MUSIQA ASARLARI RITMIK XUSUSIYATLARIDA DOYRA USULLARI IJRO IMKONIYATLARINING O’RNI VA AHAMIYATI (MAQOMLARNING CHOLG’U BO’LIMI TAHLILI MISOLIDA). (2025). Modern Education and Development, 21(1), 100-113. https://scientific-jl.com/mod/article/view/3886