YOSH AVLODNI MUSIQIY QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA SAN’ATINING NAZARIY ASOSLARI
Keywords:
Musiqiy tarbiya, yosh avlod, shaxsning rivojlanishi, musiqiy madaniyat, bolalar ijodiy markazi, nusiqiy ong, musiqiy idrok, musiqiy did, musiqiy hissiyot, musiqiy faoliyat, badiiy did, nafosat tarbiyasi,mMilliy musiqa, ijtimoiy rivojlanish, musiqiy qiziqishAbstract
O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama еtuk, komil inson qilib tarbiyalashda musiqiy tarbiyaga alohida e’tibor berilishi juda katta ahamiyatga ega bo’lgan jarayondir. Ushbu masalani еchishda musiqa san’atining o’rni kattadir. Bu esa yosh avlodning musiqiy tarbiyasini asosiy omili hisoblanadi. Musiqiy tarbiya ancha keng bo’lib, shaxsni va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi. SHuningdek, musiqiy faoliyatga, voqiyikni go’zallik qonun-qoidalari asosida o’zgartirishga yordam beradi hamda shu asosda qobiliyatli shaxsni tarbiyalaydi. Musiqiy rivojlanish bu shaxsning musiqiy ongi, munosabatlari va musiqiy faoliyatning vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayondir. Musiqiy tarbiya shaxsning jamiyatda musiqiy madaniyatuni egallab olishiga bog’liq bo’lib, turli yo’llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi. Jamiyatning musiqiy madaniyati deganda insoniyat butun rivojlanishi tarixi jarayonida to’plagan moddiy va ma’naviy qadriyatlari majmui tushuniladi.