YOSHLAR O‘RTASIDA INTERNET TAHDIDLARINING TARQALISHI, ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI
Keywords:
Kiberbulling, Internet jahon axborot tarmog‘i, ijtimoiy tarmoqlar, raqamli texnologiylar, psixologik ta’sir, onlayn tahqirlash, qo‘rqitish, tuhmat, shaxsiy ma’lumotlar, kiberxavfsizlik, globallashuv, huquqiy himoya, internet madaniyati, raqamli etik qoidalar, “O‘lik moviy kit”.Abstract
Ushbu maqolada bugungi globallashuv davrida yoshlar o‘rtasida Internet jahon axborot tarmog‘ida, keng tarqalayotgan internet tahdidlari, jumladan, kiberbullingning tarqalish sabablari, shakllari, asoratlari haqida gap boradi. Kiberbulling raqamli texnologiyalar va ijtimoiy tarmoqlar bilan makonda va zamonda tengma-teng rivojlanishi natijasida ancha keng tarqalmoqda va yoshlarning ruhiyatiga sezilarli salbiy ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Kiberbullingda nishon qurbonning shaxsiy ma’lumotlariga qaratilib, ularni tarqatish yoki o‘zgacha talqin qilish orqali tahqirlash, qo‘rqitish, tahdid qilish orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqola orqali hozirgi kunda ommaviy ravishda foydalanib kelinayotgan ijtimoiy tarmoqlar hamda o‘yin platformalarida keng tarqalgan kiberbulling shakllari va ularning oldini qanday olish mumkinligi haqida gap boradi.